Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada kafe, sport zal va bolalar maydonchalari ochildi
23 iyunda Moskvada pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilinishining yangi bosqichiga o‘tildi. Fitnes-markazlar, kafe va restoranlar, bolalar maydonchalari va ochiq havodagi trenajyorlar ochildi.
23 iyunda Moskvada pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilinishining yangi bosqichiga o‘tildi. Fitnes-markazlar, kafe va restoranlar, bolalar maydonchalari va ochiq havodagi trenajyorlar ochildi. Moskva meri Sergey Sobyaninning ta'kidlashicha, bu shaharda koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli mumkin bo‘ldi. Shu bilan birga mer shaharliklar uchun masofadan ishlash rejimi saqlanishi lozimligini yoqlab chiqqan.
Ta'kidlanishicha, so‘nggi kunda Rossiya poytaxtida virusdan 1081 ta yangi kasallanish holati hamda 26 ta o‘lim qayd qilingan.
Shuningdek, shahar FHDYolari tantanali tadbirlarni o‘tkazishni qayta boshlagan. Mart oxiridan Moskvada mehmonlarsiz va fotosuratchilarsiz nikohdan o‘tishgagina ruxsat berilgan.
Rospotrebnadzorning yangi qoidalariga ko‘ra fitnes-markazlariga oldindan yozilgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi. Zallarda 1,5 metrlik masofaga rioya qilish uchun maxsus chiziqlar tushirilishi, har bir tashrif buyuruvchiga 4 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hudud to‘g‘ri kelishi lozim qilib belgilangan.
Shuningdek, meriya bolalar bog‘chalariga odatiy ishlash rejimiga qaytishga ruxsat bergan.
Bundan tashqari, bolalar maydonchalari, ko‘chada o‘rnatilgan trenajyorlar ochilgan. 9 iyunda o‘zini yakkalash rejimi bekor qilinganiga qaramay, bu obektlardan foydalanish taqiqlangandi.
Moskva-rekada pandemiya sababli bekor qilingan harakatlanish ham qayta tiklangan.
Shu bilan birga, ko‘ngilochar muassasalar faoliyati va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga taqiq, ijtimoiy masofaga rioya qilish, jamoat joylarida niqob va qo‘lqoplar taqish talablari saqlanib qolgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025