O‘zbekiston | 11:22 / 24.06.2020
4523
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Myanma va Ganaga meva-sabzavotlar eksport qiladi

Eksport qilinadigan mahsulotlar orasida gilos, anor, qovun, uzum, limon, o‘rik, olxo‘ri, nektarin, xurmo, olma, o‘tkir qalampir, loviya bor.

Myanma / Foto: Getty Images

O‘zbekiston meva-sabzavotlariga Myanma va Gana mamlakatlari bozorlari ochildi. Bu haqda «O‘zdavkarantin» xabar bermoqda.

Inspeksiya ma'lumotlariga ko‘ra, Myanma va Gana mamlakatlariga 12 ta mahsulot eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomasi olindi.

Qayd etilishicha, mahsulotlar orasida gilos, anor, qovun, uzum, limon, o‘rik, olxo‘ri, nektarin, xurmo, olma, o‘tkir qalampir, loviya bor.

Bildirilishicha, ayni vaqtda Tailand va Indoneziyaga gilos, AQShga uzum va qovun, Misrga anor, olma va olxo‘ri, Hindistonga anor va olma, Koreya Respublikasiga uzum, Xitoyga nektarin, olxo‘ri va o‘rik mahsulotlari uchun fitosanitariya ruxsatnomasini olish ustida ish olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid