Jahon | 15:22 / 24.06.2020
10139
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga o‘tadi

Qirg‘iziston prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmatining bir nafar xodimida koronavirus aniqlangan.  

Foto: Aleksey Drujinin

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvadan qaytganidan so‘ng o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Prezident va uning hamrohlari Bishkekka qaytmoqda, tahlili musbat chiqqanlar 14 kunlik o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga o‘tadi. Prezident va boshqa shaxslar ham tahlil natijalari chiqquniga qadar, taxminan uch kun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga o‘tadi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

24 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvada bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmadi.

Ma'lum qilinishicha, Jeenbekov delegatsiyasiga hamrohlik qilgan ikki nafar shaxsda koronavirusga test musbat natija bergan.

Koronavirus Qirg‘iziston prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmatining bir nafar xodimida aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid