Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yangi shtat tashkil etilishi bo‘yicha ovoz beriladi
AQSh kongressi quyi palatasi 26 iyunda poytaxt Vashington maqomi bo‘yicha ovoz beradi. Vashingtonni AQShning 51-shtatiga aylantirish taklif qilinmoqda.
Ayni vaqtda Vashington ma'muriy nuqtayi nazardan birorta shtat tarkibiga kirmaydigan Kolumbiya federal okrugi hisoblanadi.
Quyi palata spikeri Nensi Pelosi matbuot anjumanda okrug maqomining pastligini “jiddiy adolatsizlik” deb atagan. “Ertaga demokratiyamizga qarshi turgan ushbu adolatsizlikni to‘g‘rilaymiz”, deb keltirgan spikerning so‘zlarini Fox News telekanali.
Ushbu tashabbus homiylari sifatida Demokratik partiyadan kongressmenlar chiqmoqda. Ularning ta'kidlashicha, poytaxt aholisi o‘z fuqarolik burchlarini sidqidildan bajaradi, biroq shu bilan birga federal kongressga o‘z vakillarini saylash imkoniyatiga ega emas. Bu boradagi qonun loyihasi demokratlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan quyi palatada ma'qullanishi, biroq respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qilgan senatda rad etilishi kutilmoqda. Oq uyda esa har qanday vaziyatda ham qonun loyihasiga veto qo‘yilishi aytilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post nashriga bergan intervyusida Vashington 100 foiz demokratlarga tegishli ekanini aytgan va uning shtatga aylantirilishi uchun faqat “ahmoq respublikachilargina” ovoz berishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025