Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Koronavirus 2019 yil martda Yevropada paydo bo‘lgan
2018 yil yanvardan 2019 yil dekabrgacha bo‘lgan namunalarni o‘rganish jarayonida 12 mart kungi suv namunasidan oz miqdorda SARS-CoV-2 genomlari topilgan.
Barselona universiteti olimlari shaharning 2019 yil mart oyidagi oqava suvlari namunalaridan SARS-CoV-2 koronavirusini topishdi. Bu haqda universitet saytida xabar qilindi.
"Bu natija infeksiya COVID-19 bilan bog‘liq dunyodagi birinchi holatdan ancha avval paydo bo‘lganini ko‘rsatadi", - deyiladi olimlar hisobotida.
Tadqiqot davomida universitet olimlari turli davrlardagi suv namunalarini o‘rganib chiqishgan.
SARS-CoV-2 genomlari konsentratsiyasi aholi orasida COVID-19ga chalinishlar soni o‘zgarishiga mos keladi, dedi biologiya fakulteti professori Albert Bosk.
2018 yil yanvardan 2019 yil dekabrgacha bo‘lgan namunalarni o‘rganish jarayonida 12 mart kungi suv namunasidan oz miqdorda SARS-CoV-2 genomlari topilgan.
"Barselonaga turizm yoki ish yuzasidan juda ko‘pchilik keladi, dunyoning boshqa joylarida ham ana shunday vaziyat bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - dedi Bosk.
Uning fikricha, epidemiya boshlanguniga qadar koronavirusdan tuzalib ketganlarga gripp tashxisi qo‘yilgan, chunki ular o‘xshash alomatlarga ega.
Avvalroq Pensilvaniya universiteti dotsenti Pol Plenet boshchiligidagi amerikalik epidemiologlar dunyo bo‘yicha yangi koronavirusning oltita turi tarqalayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
03:03 / 23.09.2021
Braziliyaning BMT Bosh assambleyasida ishtirok etayotgan delegatsiyasi ikki haftalik karantinga ketdi
20:42 / 21.09.2021
AQShda koronavirusdan ispan grippidan ko‘ra ko‘proq odam vafot etdi
21:43 / 20.09.2021
Noyabrdan AQShga kiruvchi xorijliklardan to‘liq emlanganlik talab qilinadi
13:43 / 18.09.2021