Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronainqiroz: Britaniyada avtomobil ishlab chiqarish 30 foizga qisqarishi mumkin
Buyuk Britaniyada sekinlik bilan avtosalonlar ochilmoqda, ishlab chiqarish liniyalari tiklanyapti, biroq shu oyning o‘zida 6 ming ish o‘rni yo‘qotilgan. Ko‘plab ishchilar kompaniyalar qanday qilib ishlab chiqarish jarayonini ijtimoiy masofa saqlagan holda tashkillashtirish mumkinligini bilmagani uchun ta'tilda bo‘lib turishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Avtomashina ishlab chiqaruvchilari va savdogarlari jamiyati (SMMT)ning ma'lum qilishicha, agar Buyuk Britaniya avtosanoatida ishlab chiqarishini qayta tiklash uchun hukumat yordam ko‘rsatmasa, yo‘nalishdagi har 6 ish o‘rnining bittasi yo‘qotilishi mumkin.
BBC xabariga ko‘ra, SMMT soha xodimlarining ishsiz qolishi ko‘rsatkichini kamaytirish uchun QQS to‘lovlaridan imtiyoz berish, vaqtinchalik ish o‘rni yaratish mexanizmini shakllantirish lozimligini ta'kidlamoqda.
Ayni paytda sekinlik bilan avtosalonlar ochilmoqda, ishlab chiqarish liniyalari tiklanyapti, biroq shu oyning o‘zida 6 ming ish o‘rni yo‘qotilgan.
Britaniya uchun avtomobil sanoati – iqtisodiyotning asosiy bo‘laklaridan biri sanaladi va mamlakatga yiliga 18,6 milliard dollargacha foyda keltiradi. Bevosita avtomobil ishlab chiqarishda 168 ming, unga aloqador bo‘lgan yo‘nalishlarni ham qo‘shib hisoblaganda jami 823 mingdan ortiq kishi avtosanoat yo‘nalishida mehnat qiladi.

Aksar ishlab chiqaruvchilar kabi mashina sanoati vakillari ham savdo keskin tushib ketgan muddatda ham ijara va shunga o‘xshash to‘lovlarni qilishga majbur bo‘lishdi.
Ko‘plab ishchilar esa kompaniyalar qanday qilib ishlab chiqarish jarayonini ijtimoiy masofa saqlagan holda tashkillashtirish mumkinligini bilmagani uchun ta'tilda bo‘lib turishiga to‘g‘ri kelmoqda.
«Hozirda ishchi kuchimizning uchdan bir qismi o‘z o‘rinlarida emas, biz esa ularni qaytarishni xohlaymiz», – deydi Avtomashina ishlab chiqaruvchilari va savdogarlari jamiyati ijrochi direktori Mayk Heyv.
Mayk Heyvning ta'kidlashicha, sanoatni qo‘llab-quvvatlash borasida hukumatning yordami katta bo‘lmoqda, biroq bu hali yetarli emas. Buyuk Britaniya avtomobil ishlab chiqarishini global avtosanoatning oldingi o‘rinlarida saqlab qolish, ishlab chiqarish uchun talab muhitini yaratish, hajmni oshirish uchun turli rag‘bat paketlari zarur.
Qayd etilishicha, karantin cheklovlari ta'sirida Buyuk Britaniyaning yillik avtomobil va yengil transportlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichi uchdan birga qisqaradi, ya'ni 920 mingtani tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchilarda hukumat yordami masalasidan tashqari, Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan imzolaydigan savdo shartnomasi bo‘yicha ham xavotirlar bor.
Mayk Heyvning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya avto ishlab chiqaruvchilarida butlovchi qismlarni chetdan keltirish uchun boj tariflarini to‘lashga imkoni yo‘q, bu xarajatlar ularning daromadidan yuqoriroq bo‘lib chiqadi. Shuning uchun Heyv hukumat YeI bilan yil tugashidan oldin manfaatli savdo bitimiga erishishi zarur deb hisoblaydi.
Buyuk Britaniya YeIdan 31 yanvarda chiqqan bo‘lsa, yagona bozor va bojxona ittifoqida 31 dekabrgacha a'zo bo‘lib qoladi. Hozirda breksitdan keyingi davr uchun savdo kelishuvlari ustida muzokaralar ketmoqda.
Britaniya avtosanoatida aprel oyida avtomobil ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu paytiga solishtirganda 99,7 foizga pasaygan.
Ba'zi zavodlar esa tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashib olishdi va 711 mingdan ortiq shunday buyum yetkazib berishdi.
Avtosanoatda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi pasayib, 400 mingta mashina ishlab chiqarilmasligi avtosanoatga o‘rtacha 12,5 milliard dollarga tushishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
18:08 / 22.05.2025