Jahon | 21:54 / 29.06.2020
7410
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda koronavirusdan vaksina harbiylarda sinala boshlanadi

Xitoyning CanSino Biologics farmatsevtik kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasini harbiylarda sinashga hukumatning roziligini olganini ma'lum qildi.   

Vaksina Pekin biotexnologiya instituti va Xitoyning harbiy-tibbiyot fanlari akademiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Hozirda Xitoyda koronavirusdan hammasi bo‘lib 8 ta vaksina ishlab chiqilmoqda, biroq CanSino’ning vaksinasi ommaviy sinashlargacha yetib kelgan ilk vaksina bo‘ldi.

Vaksina laboratoriya sinovlarining birinchi va ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, koronavirus chaqiradigan kasalliklarni bartaraf etishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. Natijada u Xitoyning markaziy harbiy komissiyasi ma'qullovini olgan. Vaksinaning harbiylarda sinalishiga ruxsat bir yil davomida amal qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid