O‘zbekistonda narkodispanserlarda hisobda turganlar soni ochiqlandi
2019 yil yakunida respublikada 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan.
“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan navbatdagi jamoatchilik muloqoti tashkil etildi. Bu haqda harakat xabarida aytilgan.
Muloqotda O‘zbekistonda narkotik vositalari hamda psixofaol preparatlar tarqalishining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy jihatlari muhokama qilmoqda, “dorixona narkomaniyasi”ning o‘sish faktorlari, global tendensiyalar, tizimli muammolarni ko‘rib chiqilyapti.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomovning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil yakunida O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan.
“Tan olish kerak, butun dunyo hamjamiyatida giyohvandlik, narkojinoyat bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p. Bu muammolarga duch kelmagan davlat ham bo‘lmasa kerak - ba'zilari yetishtirsa, ba'zilari yetkazib beradi.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh ekanligi, qo‘shni mamlakatda giyohvand moddalar ishlab chiqarilishi to‘xtamayotgani salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmayapti. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Afg‘onistonda rekord darajada, ya'ni 9 000 tonna opiy yetishtirilgan. Ularning asosiy qismi tranzit yo‘llar orqali, jumladan O‘zbekistondan ham olib o‘tilgan. Bu esa tranzit davlatlarga tashvish keltirgan.
2019 yil yakunida respublikamizda 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan. 1 tonna 200 kg atrofida narkotik vositalar musodara qilingan.
Narkodispanserda hisobda turganlar esa 5 698 nafarni tashkil etgan”, - dedi Sh. G‘ulomov.
Mavzuga oid
15:58 / 03.10.2024
Yangiyo‘lda 4 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
09:10 / 01.10.2024
Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
11:30 / 24.09.2024
18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi
10:32 / 09.08.2024