Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni yangi neft urushi bilan tahdid qildi
Saudiya Arabistoni iyun boshlarida OPeK+ kelishuviga rioya qilmagan mamlakatlarni jazolashini bildirgandi.
Agar Angola va Nigeriya neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha OPeK+ doirasidagi majburiyatlarga amal qilmaydigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni ularga qarshi narx urushini boshlaydi. Bu haqda Dow Jones agentligidagi manbalar ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon ol-Saud 18 iyunda bo‘lib o‘tgan OPeK+ mamlakatlari videokonferensiyasida ana shunday fikr bildirgan.
U agarda ikki qoidabuzar kelishuvga qarshi boradigan bo‘lsa, qirollik neft narxini keskin tushirishi va ularning mavqeini izdan chiqarib yuborishini aytgan.
«Xaridoringiz kimligini bilamiz», — deb ta'kidlagan vazir Angola va Nigeriya vakillari pozitsiyasini izohlarkan.
Saudiya Arabistoni iyun boshlarida OPeK+ kelishuviga rioya qilmagan mamlakatlarni jazolashini bildirgandi. O‘shanda may oyida o‘z kvotalarini bajara olmagan, ammo iyulda buni uddalashga va'da bergan Iroq, Nigeriya, Angola va Qozog‘iston haqida gap borgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025