Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyadagi aviabazaga noma'lum samolyotlar hujum qildi
Ayrim manbalarga ko‘ra, ushbu aviabazada Turkiya havo hujumidan mudofaa vositalari joylashtirilgan.
Liviya milliy kelishuv hukumati (MKH) Tripolidan 100 km uzoqlikda joylashgan strategik muhim aviabazaga "xorij aviatsiyasi" hujum uyushtirganini xabar qildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu yerda Turkiya havo hujumidan mudofaa vositalari joylashtirilgan.
Hukumat bayonotida hujumlar ortida qaysi mamlakat turgani ma'lum qilinmagan.
MKH mudofaa vaziri o‘rinbosari Saloh Namrush hujumni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar qo‘shinlarining jangovar ruhini ko‘tarishga qaratilgan "puxta tayyorlangan va umidsiz" urinishi deb atadi. Namrushning so‘zlariga ko‘ra, MKH bu hujumga "kerakli vaqtda kerakli joyda" javob qaytaradi.
TASS manbasining bildirishicha, ushbu hujum uchun javobgarlikni Haftar qo‘shinlari o‘z zimmasiga olgan.
Avvalroq Turkiya Liviya hududida o‘z harbiy bazasini joylashtirish huquqiga ega bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Fayz Sarroj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati va Anqara o‘rtasidagi kelishuv Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar va qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Yashar Gulerning Tripoliga tashrifi vaqtida imzolangan.
Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
09:05 / 31.01.2025