Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada koronavirusdan o‘lim darajasi 39 foizga pasaydi
AQShda yangi koronavirus COVID-19 tufayli ro‘y berayotgan o‘lim darajasi 39 foizga pasaydi. Bu haqda Amerika yetakchisi Donald Tramp Twitter sahifasida e'lon qildi.
“Xitoy virusidan o‘lim darajasi 39 foizga pasaydi, bu vaqtda bizning tekshirish dasturimiz jahonda yetakchilik qilishda davom etmoqda! Nima uchun yolg‘onchi OAV o‘limlar soni sezilarli pasaygani haqida xabar bermaydi? Chunki, ular haqiqatda yolg‘onchi OAVdir!” – deb yozgan prezident.
U taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda kasallikdan vafot etish holati “dunyoda deyarli eng quyi darajadadir”. “Bundan tashqari, AQShda o‘limlar soni sezilarli pasaydi, pandemiyaning cho‘qqisi bilan qiyoslaganda 10 baravar kamaydi”, - deb qo‘shimcha qilgan davlat rahbari.
Biroq, The New York Times nashrining yozishicha, oxirgi ikki haftaning so‘nggi kunida virusni yuqtirganlar soni 39 shtatda ortgan. Bu ko‘rsatkich faqatgina 2 shtatda pasaygan. Arizona, Texas va Florida shtatlarida esa, eng ko‘p yuqtirish holatlari qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025