Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda koronavirus yuqtirganlarni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda
BAA ichki ishlar vazirligi sil va bezgak kabi xavfli kasalliklarga chalinganlarni aniqlashda ham itlardan foydalanishga ruxsat berdi.
Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vazirligi koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun politsiya xizmat itlaridan foydalana boshladi. Bu haqda vazirlikning Twitter ijtimoiy tarmog‘ida joylangan bayonotida aytilmoqda.
"Vazirlik koronavirus tarqalishining oldini olishda foydalanish uchun politsiya itlarini shug‘ullantirishni muvaffaqiyatli yakunladi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, itlar ikki hafta davomida koronavirus yuqtirilgan namunalarni iskab topish bo‘yicha shug‘ullantirilgan va ular koronavirusga chalinganlarni 92 foizgacha aniqlikda topishga o‘rgangan. Ulardan odam gavjum joylarda kasallik tashuvchilarni aniqlashda foydalaniladi.
Bundan tashqari, BAA ichki ishlar vazirligi sil va bezgak kabi xavfli kasalliklarga chalinganlarni aniqlashda ham itlardan foydalanishga ruxsat berdi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, BAAda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 53 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 327 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025