Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask badavlat insonlar ro‘yxatida Uorren Baffettdan o‘tib ketdi
Ushbu haftada Baffett 2,9 mlrd dollar mablag‘ini xayriyaga sarflagani sababli uning boyligi kamaydi. 89 yoshli Baffett 2006 yildan buyon 37 mlrd dollardan ortiq pulni xayriyaga sarflagan.
SpaceX kompaniyasi asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi Uorren Baffettdan ko‘ra badavlatroq kishiga aylandi, deb yozmoqda Bloomberg.
Bloomberg Billionaires Index reytingi ma'lumotlariga ko‘ra, Tesla aksiyalari narxi 11 foizga qimmatlashganidan so‘ng Maskning boyligi 6,1 mlrd dollarga ko‘paydi va 70,5 mlrd dollarga yetdi.
Mask birdaniga bir necha milliarderni quvib o‘tib, yettinchi pog‘onaga joylashdi. U Baffettdan tashqari, L'Oreal egasi Fransuaza Betankur-Mayyers, Oracle hammuassisi Larri Ellison, Reliance Industires egasi va Osiyoning eng boy kishisi Mukesh Ambani hamda Google hammuassisi Sergey Brinni ortda qoldirdi.
Ushbu haftada Baffett 2,9 mlrd dollar mablag‘ini xayriyaga sarflagani sababli uning boyligi kamaydi. 89 yoshli Baffett 2006 yildan buyon 37 mlrd dollardan ortiq pulni xayriyaga sarflagan.
Ilon Mask o‘tgan haftada Los-Anjyelesdagi to‘rtta uyini sotishga qaror qildi. U avvalroq shaxsiy uyga ega bo‘lmaslikka ahd qilganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025