Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Yaponiyadagi harbiy bazalarida o‘nlab harbiylar koronavirusga chalindi
Yaponiyaning Okinava orolida joylashgan, AQShga tegishli harbiy bazalarda 61 nafar harbiyda koronavirus aniqlandi.
“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, Okinava prefekturasi gubernatori Denni Tamaki matbuot anjumanda bu axborot “zarba bo‘lgani va qattiq afsus keltirib chiqarganini” va AQSh tomonidan ko‘rilgan epidemiyaga qarshi choralarga ishonishini aytgan.
Shu munosabat bilan Okinavaning markazida joylashgan Futemma va Kemp-Xansen bazalarida karantin kiritilgan.
“Okinavada AQShning Kadena, Futemma va Kemp-Xansen kabi bir nechta bazasi joylashgan. Bu bazalarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat odatda tashqi dunyo uchun ochiqlanmaydi va prefekturaning rasmiy statistikasida hisobga olinmaydi”, deyilgan xabarda.
Ayni vaqtda AQSh koronavirus pandemiyasidan dunyoda eng ko‘p jabr ko‘rayotgan davlat hisoblanadi. AQSh prezidenti Donald Trampning ta'kidlashicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning ko‘pligi unga ko‘p miqdorda tahlil topshirilgani bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025