Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada prezident saylovlarining hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
12 iyulda Polshada prezident saylovlarining hal qiluvchi 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda avvalgi bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzodlar – amaldagi prezident Anjyey Duda va poytaxt Varshava meri Rafal Tshaskovskiy ishtirok etmoqda.
Ovoz berishdan oldin ularning g‘alaba qozonishga imkoniyatlari deyarli teng baholangan.
2-bosqichda g‘alaba qozonish uchun nomzod raqibidan ko‘proq ovoz to‘plashi kifoya qiladi. 28 iyunda o‘tgan 1-bosqichda nomzodlardan birortasi g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘a olmagan: Dudaga 43,50 foiz ovoz, Tshaskovskiyga 30,46 foiz ovoz berilgan.
2-bosqich oldidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Dudaga saylovchilarning 45,9 foizi, uning raqibiga 46,4 foizi ovoz berishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
22:20 / 29.05.2023
Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
12:24 / 26.12.2022