AQSh kompaniyasi cho‘l havosidan ichimlik suvi olishni rejalashtirmoqda
AQShning Arizona shtatida joylashgan Zero Mass Water kompaniyasi antiqa yo‘l bilan ichimlik suvi olmoqchi. U buning uchun cho‘l havosidan foydalanishni rejalashtirilgan.
Bloomberg axborot agentligining yozishicha, kompaniya bunday yo‘l bilan yiliga 2,3 mln litr suv olmoqchi.
Shu maqsadda quyosh energiyasida ishlovchi zavodni Dubaydan 20 km uzoqlikda joylashtirish rejalashtirilgan. Zavod har biri 2,5 ming dollar turuvchi 1250 ta gidropanel bilan jihozlanadi.
Gidropanellar cho‘l havosidagi bug‘ni yutib, quyosh energiyasi yordamida undan suv oladi. Dubay iqlimi esa bu maqsadlar uchun ideal hisoblanadi.
Kompaniyada ushbu texnologiya suvni chuchuklashtirishdan ko‘ra qimmatroq ekani tan olingan. Cho‘l havosidan olingan suv narxi bir litri uchun taxminan 2,72 dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:25 / 28.10.2024
Foto: Dubay shahzodasi Navoiyda lochin bilan tuvaloq ovladi
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
18:41 / 27.09.2024