Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 300 milliondan ortiq kishi karantinga olindi

Foto: Reuters
Hindistonda bir necha yuz million kishi yana karantinga olindi. Mamlakatda kasallik yuqtirishlar soni keskin oshmoqda, deb yozadi The Times.
Nashrning qayd etishicha, 375 milliondan ortiq kishi karantinga olinadi. Bixar shtatida aholi 15 kunlik karantinga olinadi. Shtatda oxirgi uch kun davomida kuniga mingdan ortiq zararlanish holatlari qayd etilmoqda.
Bundan tashqari, aholisi sakkiz million kishini tashkil etuvchi Bangalor shahri aholisi ham karantinga olinadi. Shaharda iyul boshiga kelib kasallikka chalinganlar soni 20 mingga yetdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, virus yuqtirish ko‘rsatkichining keskin o‘sishiga iyun boshlarida cheklovlarning olinishi sabab bo‘lgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqqan – mamlakatda kasallikka chalinganlar 906,8 mingga yetgan, 24,3 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025