Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida Xitoy iqtisodiyoti dunyoda birinchi bo‘lib yana o‘sa boshladi
Koronavirus pandemiyasi davrida jahonning eng yirik iqtisodiyotlari qatorida birinchi bo‘lib Xitoy iqtisodiyoti o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon qila boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal`ga tayangan holda «Meduza» xabar bermoqda.
XXR Statistika milliy byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi choragida Xitoy YaIM o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 3,2 foizga o‘sgan.
Kvartal davomida eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligi va sanoatda kuzatilgan. Eng sekin sur'atdagi o‘sish xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi.
Chakana savdo ko‘rsatkichlari yilning birinchi choragi bilan taqqoslaganda qisqargan, ammo sohada tiklanish belgilari namoyon bo‘la boshladi.
«Umuman olganda, milliy iqtisodiyot epidemiyaning birinchi chorakdagi salbiy ta'sirini yengib o‘ta boshladi», – deya Xitoy Statistika byurosi bayonotidan iqtibos keltirmoqda Forbes.
Ma'lumot uchun, Reuters o‘tkazgan so‘rov tahlilchilar Xitoy YaIM ikkinchi chorakda 2,5 foizga o‘sishini kutayotganini ko‘rsatgan edi.
Agentlikning qayd etilishicha, iyun oyida Xitoyda import ko‘rsatkichi shu yil uchun ilk marta oshgan, bunga qurilish materiallariga nisbatan paydo bo‘lgan talab sabab bo‘lgan. Boshqa davlatlarda ham bosqichma-bosqich cheklovlar yengillashtirib borilishi Xitoy eksportining o‘sishiga turtki bergan.
Shu bilan birga, Reuters`ning qo‘shimcha qilishicha, bu yil Xitoy iqtisodiyoti butun tarixi mobaynida eng past o‘sish ko‘rsatkichini qayd etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025