Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bemorlar va murdalar bir palatada: bu qayerda bo‘lgan?
Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonaning katta ehtimol bilan reanimatsiya bo‘limi tasvirlangan lavha tarqaldi. Unda og‘ir ahvoldagi bemorlar bilan birga yuzi o‘rab yopilganiga qaraganda joni uzilganini taxmin qilish mumkin bo‘lgan odamlar ham karavotda yotqizib qo‘yilgan.
Palatadagi bemorlar yonida gaplashayotgan hamshiralar yoppasiga bo‘shash rejasini maslahat qilayotganlarini eshitish mumkin. Yo‘lakdagi tibbiyot xodimi esa stulda o‘tirganicha suhbatga aralashmaydi. Ayrim bemorlar oh-vohi eshitilayotgan palatada umumiy hisobda 12 nafar og‘ir ahvoldagi kasal joylashtirilgan va ularning ikki nafarining butun vujudi mato bilan o‘rab tashlangan.
Kun.uz Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev bilan bog‘landi va vaziyatga quyidagicha izoh oldi:
– Ayni bu holat qaysi shifoxonada sodir bo‘lgani surishtirilyapti. Hozircha aniq ma'lumot berishga erta. Faqat bir narsani aytishim mumkin – agar ikki nafar bemor chindan ham vafot etgan bo‘lsa, tibbiyot xodimlari ularni zudlik bilan olib chiqish choralarini ko‘rmay, o‘z ishlariga sovuqqonlik bilan qaraganlar. Lekin yuqorida aytganimday, vaziyatni to‘liq o‘rganmay turib baho bera olmaymiz. Albatta surishtiruvlar natijasiga ko‘ra qo‘shimcha ma'lumot beramiz.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022