Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish darajasi bo‘yicha reytingda pastladi
O‘zbekistonning elektron hukumatni rivojlantirish indeksidagi o‘rni ma'lum qilindi.
O‘zbekiston dunyo mamlakatlarining elektron hukumatni rivojlantirish darajasi bo‘yicha reytingida 6 pog‘ona pastladi. Bu haqda “Yuksalish” harakati xabar berdi.
BMTning elektron hukumatlarni taraqqiy ettirish darajasi bo‘yicha yangi sharhida (UN E-Government Survey) mamlakat 193 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi.
Sharhning ikkinchi asosiy ko‘rsatkichiga ko‘ra, Elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index, EPI)da O‘zbekiston 59-o‘rindan 46-o‘ringa ko‘tarilib, o‘z pog‘onasini 13ta punktga yaxshiladi. 0,80 indeksiga ega bo‘lgan mamlakat yuqori EPI darajasi yuqori davlatlar guruhiga kirdi.
Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) uchta kichik indeksdan shakllanadi:
telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi;
inson kapitali indeksi;
onlayn-xizmatlar indeksi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025