Jahon | 20:02 / 21.07.2020
25626
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda cho‘milish mavsumi qurbonlari soni kun sayin o‘sib bormoqda

Foto: Tojikiston FVQ axborot xizmati

Tojikistonda cho‘milish mavsumi boshlangandan beri, 20 iyul kuniga qadar ikki oy mobaynida mamlakat suv havzalarida jami 41 kishi cho‘kib ketgan. Bu haqda Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga tayanib Aziya-Plyus xabar bermoqda.

Cho‘kib ketganlarning 28 nafari 25 iyun sanasigacha, qolgani undan keyin qayd qilingan. Birgina 19 iyul kuni Tojikiston FVQ xodimlari tomonidan suvga cho‘kkan bir kishi qutqarilgan, ikki kishining jasadi olib chiqilgan.

Tojikistonda har yili cho‘milish mavsumida o‘rtacha 130-150 nafar odam cho‘kib ketib, vafot etadi. Tojikiston FVQ bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan yil 1-21 iyun oralig‘ida 40 nafar odam cho‘kib ketgan. 2019 yil cho‘milish mavsumida esa jami 141 nafar odam suvga cho‘kib o‘lgan.

Mavzuga oid