Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaliklarga bepul vaksina va'da qilindi
Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilganidan so‘ng, Moskva aholisi bepul emlanadi.
Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin «Rossiya 1» telekanali efirida gapirdi.
«Vaksina ishlab chiqilishi bilan emlash kampaniyasini boshlaymiz. Vaksinatsiya bepul bo‘ladi. Butun ambulator-poliklinika tizimi vaksinatsiya uchun xizmat qiladi», — dedi Sobyanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuz fasli kelishi va gripp bilan kasallanish holatlari oshishi bilan yanada og‘ir bo‘lishi mumkin.
«Albatta, bu yil grippga qarshi emlashni ham kuchaytirish lozim bo‘ladi. Chunki birdaniga 2ta epidemiyaning – gripp va koronavirusning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bu juda muhim. Murakkab hajmli ish, unga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», - dedi mer.
Hozirgi vaqtda Moskva poliklinikalarida koronavirusga qarshi burun va tomoqdan olinadigan surtma testini va antitana uchun tomirdan olinadigan qon testini bepul topshirish mumkin.
Rossiyada koronavirusga qarshi testni ishlab chiqish bilan 3ta muassasa shug‘ullanmoqda – Novosibirskdagi «Vektor» virusologiya ilmiy markazi, Sankt-Peterburgdagi vaksina va zardob instituti, Moskvadagi N.F.Gamaleya nomli markaz. Vaksina ishlab chiqilganidan so‘ng uni dastlab koronavirus yuqtirib olganlar bilan ishlovchi va xatarli guruhga kiruvchi tibbiy xodimlar olishadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025