Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada xohlovchilar koronavirusga bepul test topshirishi mumkin
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni ko‘payib borayotganidan xavotirda ekanini bildirib, test topshirishni xohlagan barcha uchun xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga olishini aytdi. Bu haqda vazir La Parisien nashriga bergan intervyusida aytgan.
«Hozircha ikkinchi to‘lqin haqida gapirishga ertadir, lekin oxirgi kunlarda zararlanish holatlari yuqori bo‘lyapti. Vaholanki 13 hafta davomida kunlik o‘sish pasayib borgandi. Hozir virus yuqtirayotganlar dastlabki to‘lqindagiga qaraganda yoshroq. Alomatsiz kechayotgan holatlar juda ko‘p.
Shanba kuni imzo qo‘ygan hujjatimga ko‘ra, endi har qanday sug‘urtasi bor fuqaro vrach tavsiyasiz va hech qanday alomatlarsiz ham PsR-testdan o‘tishi mumkin», deydi vazir.
Fransiya sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, mamlakatda har haftada 500 mingdan ko‘proq test o‘tkazilib, ulardan 1-1,5 foizi musbat natija bermoqda. 80 foiz test natijalari uch kunda chiqmoqda. Vazir kasallanganlar soni oshib borayotganiga sabab sifatida ko‘pchilik chet elga ketish uchun testdan o‘tayotganini keltirdi. Samolyotga chiqish uchun koronavirusga test topshirish majburiy.
Ayni damda Fransiyada 180 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirgan. Virus 30 mingdan ortiq fransiyalikning o‘limiga olib kelgan. 80 mingdan ortiq bemor tuzalgan. Fransiyada oxirgi uch kunda kasallanish holatlari 1000 nafar atrofida bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025