Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyodagi eng katta hidrosamolyotni sinovdan o‘tkazdi
Uning maksimal parvoz vazni 53,5 tonnani tashkil etadi.
Dunyodagi eng katta AG600 hidrosamolyotining dastlabki parvozi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. New China TV kanali YouTube videoxostingida ushbu parvoz aks etgan lavhani joylashtirdi.
Amfibiya-samolyot prototipi sinovi Sariq dengiz sohilida joylashgan Tsindao shahrida o‘tkazildi. Samolyot havoda yarim soatdan ortiq parvoz qildi. Avvalroq quruqlik va suvda sinovdan o‘tkazilgandi.
FlightGlobal ma'lumotiga ko‘ra, 50 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan AG600 ekipaji to‘rt kishidan iborat.
AG600 qutqarish ishlari va yong‘in o‘chirishga mo‘ljallangan. Uning maksimal parvoz vazni 53,5 tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025