Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidentligiga sobiq nomzod koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Foto: Reuters
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Herman Keyn koronavirus yuqtirib olganidan keyin yuzaga kelgan asoratlardan vafot etdi.
Bu haqda siyosatchining vakili Den Kalabreze xabar berdi.
«Keyn COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga tushganida, unga oson bo‘lmasligini bilardik. Unda nafas olish bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi, natijada tez yordam bilan shifoxonaga olib borildi. Biz unga dorilar yordam berishini istab duo qildik. Ammo tez orada uning o‘z hayoti uchun kurashishi ma'lum bo‘ldi», - deyiladi vakil xabarida.
Avvalroq 74 yoshli siyosatchi o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Keyn 2000 va 2011 yillarda o‘z prezidentlik kampaniyasini boshladi, ammo har ikkala holatda ham poygadan erta chiqib ketdi.
Tramp kampaniyasi davrida Keyn Black Voices for Trump (Qoratanlilar ovozi Tramp uchun) harakatida raisdoshlik qildi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025