AQSh Qizil sayyoraga dunyodagi eng katta marsoxodni uchirdi
Amerikaning Atlas V raketa-tashuvchisi Perseverance («Qat'iyatlik») marsoxodi va Ingenuity («Topqirlik») vertolyoti bilan Qizil sayyoraga qarab uchdi.
Raketa 30 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:50da Kanaveral burnidan fazoga ko‘tarildi.
Perseverance Aeronavtika va kosmosni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) tomonidan Qizil sayyorani o‘rganish uchun yuborilgan beshinchi marsoxod hisoblanadi. U dunyodagi eng katta planetoxod bo‘lib, og‘irligi 1025 kg, uzunligi 3 metr va eni 2,7 metrga teng. Dasturning qiymati 3 milliard dollarga baholanmoqda.
Live coverage of my launch stars at 4 a.m. PDT / 7 a.m. EDT (1100 UTC): https://t.co/ISKKR1kmMo#CountdownToMars pic.twitter.com/NtvrpKhwEV
— NASA's Perseverance Mars Rover (@NASAPersevere) July 30, 2020
Marsoxod ko‘plab tadqiqotchilik uskunalariga ega. Unga Mars tuprog‘idan mikroblar hayotiga oid izlarni qidirish uchun namuna oladigan burg‘i, robotlashtirilgan qo‘l, videokameralar, tuproqni ximiyaviy va mineralogik tahlil qiluvchi asboblar, teplovizorli rentgen spektrometr, organik moddalarni izlovchi ultrabinafsha spektrometr o‘rnatilgan.
Marsoxod 2021 yil 18 fevral kuni Yezero krateriga qo‘nishi kutilmoqda. Sputniklardan olingan ma'lumotlarga qaraganda, o‘tmishda u yerda katta ko‘lga quyiluvchi daryo o‘zani bo‘lgan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu kraterning qoyalarida hayot izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Marsoxod Qizil sayyoradan tuproq namunalarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Ularni Yevropa kosmik agentligi (YeKA) bilan NASA hamkorligida tuzilgan maxsus komissiya Yerga olib qaytadi. U 2026 yildan keyin Marsga jo‘natilishi kutilmoqda.
NASA xabariga ko‘ra, Perseverance marsoxodida energiyaning yadroviy generatori o‘rnatilgan. Xuddi shunday generator 2012 yildan beri Qizil sayyora yuzasini tadqiq qilayotgan Curiosity marsoxodida ham bor. Taxminga ko‘ra, Perseverance Mars sayyorasida 687 kun davomida ishlaydi.
Diametri 1,2 metr, og‘irligi 1,8 kg bo‘lgan Ingenuity apparati Marsda ishlaydigan ilk vertolyot bo‘ladi. U havoda 20-30 sekund davomida uchish xususiyatiga ega. Uning 2ta kamerasi atrofni suratga olish uchun mo‘ljallangan.
Did life ever exist on Mars? I hope to find out. To do so, I’m headed to Jezero Crater, where an ancient river delta may preserve the signs I’m looking for.#CountdownToMars pic.twitter.com/NMiW8pxyhF
— NASA's Perseverance Mars Rover (@NASAPersevere) July 27, 2020
Qayd qilish joizki, so‘nggi 10 kun davomida Marsga yana 2ta missiya yo‘l oldi.
20 iyul kuni Qizil sayyoraga Birlashgan Arab Amirliklarining Al Amal («Umid») kosmik apparati uchirildi. U Mars iqlimi va ob-havosi shakllanadigan, qum bo‘ronlari yuzaga keladigan atmosferaning quyi qatlamlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
23 iyul kuni esa Xitoyning «Chanchjen-5» (CZ-5) raketa-tashuvchisi «Tyanven-1» missiyasi bilan Marsga parvoz qilgan edi.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54