DXX uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlarida yashovchi 18 nafar shaxsdan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Giyohvandlik vositalari va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatlariga kiritilgan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi mazkur guruh a'zolaridan “qora bozor” narxida umumiy qiymati 3,2 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan 28.560 dona “Tramadol” tabletkasi, 7000 dona “Tropikamid” flakoni, 35.700 dona “Lirika”, 3.920 dona “Regapen” va 5.600 dona “Perge” kapsulalari musodara qilindi. Shuningdek, 4.300 AQSh dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
Jinoyat quroli sifatida 1 ta “Malibu”, 3 ta “Lasetti” va 1 ta “Neksiya” avtomashinalari olib qo‘yildi.
Guruh a'zolari 1977-1994 yillar oralig‘ida tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 2 nafari ayol hamda 5 nafari muqaddam sudlangan shaxslardir.
Ushbu dori vositalari asosan Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirilgan.
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 25.11.2024
Qimmat sotilgan dorilarning puli xaridorlarga qanday qaytarilyapti?
12:38 / 25.11.2024
Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi
15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
19:25 / 23.11.2024