Xodim o‘z roziligi bilan ish vaqtidan tashqari qancha ishlashi mumkin?
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi, deya eslatmoqda Adliya vazirligi.
Qonunchilikka ko‘ra, xodim o‘z roziligi bilan ish vaqtidan tashqari surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.
Masalan, agar xodim birinchi kuni ish vaqtidan tashqari ishga 4 soatga jalb qilingan bo‘lsa, ertasi kuni hatto uning roziligi bo‘lgan taqdirda ham uni bunday ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Ish smenasi 12 soat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga, xodimning roziligi bo‘lgan taqdirda ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, xodimni surunkasiga 2 smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
14:13 / 11.11.2024
Enter Engineering xodimlari bir necha oydan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda
08:08 / 07.11.2024