AQShda qizil piyoz salmonellyoz kasalligi tarqalishiga sabab bo‘ldi
AQShning 30 tadan ko‘proq shtatida o‘tkir ichak infeksiyasi - salmonellyoz tarqalishi qayd qilindi. Yuqumli kasallik tarqalishining ehtimoliy sababi sifatida qizil piyoz ko‘rsatilmoqda. Bu haqda AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifati bo‘yicha boshqarmasida ma'lum qilindi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kasallik avj olishiga Kaliforniyada joylashgan Thomson International kompaniyasi yetishtiradigan qizil piyoz olib kelgan bo‘lishi mumkin. Kompaniya infeksiya tarqalishi oldini olish maqsadida ushbu kasallik qo‘zg‘atuvchisi - salmonellalar bilan zararlangan qizil piyoz va u bilan birga saqlangan boshqa turdagi piyozlarni ham sotuvdan qaytarib olmoqda.
AQShda ayni vaqtda salmonellyozga chalinish bo‘yicha 396 ta holat qayd qilingan, 60 kishi shifoxonada davolanmoqda. Shuningdek, yuqumli kasallik avj olishi Kanadada ham qayd qilingan. Taxmin qilinishicha, bu AQShdagi holatlar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, salmonellyoz bilan kasallanish aksariyat holatlarda yengil kechadi, biroq kasallik tufayli organizmning suvsizlanishi bolalar va katta yoshli kishilar hayotiga xavf solishi mumkin.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024