O‘zbekiston | 10:07 / 06.08.2020
18635
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 28 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 276 kishida kasallik aniqlangani va jami holatlar soni 28 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 6 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 069 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Toshkent shahrida (147 holat) va Toshkent viloyatida (129 holat) tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 18 783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 113 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid