Jamiyat | 14:08 / 07.08.2020
5798
2 daqiqa o‘qiladi

UZEX birjasi elektron hujjat almashinuvi xizmatini ishga tushirdi

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi exdoc.uz elektron hujjat almashinuvi tizimini ishga tushirdi. Bu 2020 yil – “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da birja tomonidan amalga oshirilgan uchinchi (birinchi loyiha – yangilangan KYaS, ikkinchisi – elektron tanlov va tender) yirik loyiha hisoblanadi.

Exdoc – bu birjaning qulay elektron hisob-fakturalar xizmati bo‘lib, undan nafaqat birja savdo ishtirokchilari, balki boshqa korxona va tashkilotlar ham erkin foydalanishlari mumkin.

Tizimda 5 daqiqa mobaynida yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolash, yuborish va qabul qilish mumkin. Shuningdek, birjaning yangi elektron xizmati hujjatni maxsus shifrlangan kanal orqali yuborish va uning bajarilish holatini tekshirish imkonini beradi.

UZEX birjaning elektron hujjat almashinuvi xizmati foydalanuvchilarning vaqt va mablag‘larning tejalishi, hujjatlarni rasmiylashtirishda xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimolini kamaytiradi va biznes jarayonlarni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Vebsaytning qulay interfeysi va “aqlli” qidiruv tizimi hujjat almashinuvini elektron shaklda yanada tezkor amalga oshirilishini ta'minlaydi. Yaqin kelajakda servisning 1C va billing tizimiga bog‘lanishi kutilmoqda.

Mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 522-son va 2020 yil 18 martdagi 170-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi qoshidagi “Uzex innovation” MChJ tomonidan ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun, UZEX birjasining Call-markazi operatorlari va mutaxassislariga @uzexfeedbackbot telegram boti yoki +99871 207-00-33 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid