Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Turkmanistonda koronavirusni aniqlash uchun mustaqil testlar o‘tkazadi
7 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovning JSST bosh direktori Tedros Adan Gebreyyesus va JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge bilan onlayn muloqoti o‘tkazilgan.
Bu haqda «Turkmandavlatxabarlari» davlat axborot agentligi rasmiy sayti ma'lum qilmoqda.
Doktor Klyugening Facebook’dagi sahifasida yozishicha, muzokaralar chog‘ida JSST mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilmayotgan bo‘lsa-da, zotiljam bilan og‘rish holatlari ko‘payib borayotganidan tashvish bildirgan va tashkilot ekspertlariga bevosita Turkmanistondda mustaqil test o‘tkazish, shuningdek, tahlillarni JSST laboratoriyalarida o‘rganish uchun mamlakatdan olib chiqishga ruxsat berishga chaqirgan.
Klyugening yozishicha, Berdimuhammedov bu taklifga rozi bo‘lgan.

«Turkmandavlatxabarlari» Aaning yozishicha, Berdimuhammedov mamlakatda tarqalayotgan «noma'lum tabiatli o‘pka yallig‘lanishi» haqida gapirgan va uni yangi koronavirus keltirib chiqarayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
JSST mulozimlari bilan o‘tkazilgan muzokaradan so‘ng Berdimuhammedov TIV rahbari Rashid Meredov va Sog‘liqi saqlash va tibbiyot sanoati vaziri Nurmuhammad Amannepesov bilan onlayn uchrashuv o‘tkazgan. Vazirlarga qanday topshiriqlar berilganini TDX ma'lum qilmagan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025