Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada umumiy ovqatlanish obektlariga ruxsat berildi
Umumiy ovqatlanish obektlaridagi barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.
Farg‘ona viloyatida 11 avgustdan boshlab, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish obektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum bo‘lishicha, bu — viloyatdagi epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan choralardan biridir.
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan ta'minlangan holda o‘z faoliyatini qayta boshlashlari mumkin bo‘ladi. Bunda, faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik sub'yektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi.
Umumiy ovqatlanish obektlaridagi barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.
Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda faoliyatini soat 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025