Jamiyat | 14:03 / 14.08.2020
15350
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarusni tark etgani haqidagi mish-mishlarni inkor qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «tirik ekani va xorijga chiqib ketmagani» haqida gapirdi.

Foto: BelTA

Davlat rahbari qurilish sohasi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shu haqda bayonot berdi.

«Birinchidan, men tirikman va xorijga ketmadim. Ba'zilar mish-mish tarqatganidek «mamlakatni tark etmadim». Bugun 14 avgust va qurilish sohasi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazyapmiz», - deb prezident so‘zlarini keltirmoqda BelTA agentligi.

Shuningdek, Lukashenko korxona va tashkilotlardagi ish tashlashlar va namoyishlarga ham munosabat bildirdi.

«Agar hozir to‘xtab qolsak, keyinchalik ishlab chiqarishni jonlantira olmaymiz», - deb ogohlantirdi u.

Belarusda 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezident saylovining rasmiy natijalari e'lon qilinganidan buyon norozilik aksiyalari davom etmoqda. Namoyishchilar militsiya bilan to‘qnashmoqda, ishtirokchilar hibsga olinyapti. Kunduz kuni esa belarusliklar gullar bilan tinch aksiya o‘tkazib, «birdamlik zanjiri»ni hosil qilishmoqda.

Mavzuga oid