O‘zbekiston | 17:34 / 16.08.2020
12706
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 35 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 149 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 35 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Bugun hozircha respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 408ta yangi holat qayd etildi. Endilikda jami zararlanish holatlari soni 35 ming 109taga yetgan.

Yangi holatlar (+408)

  • Toshkent shahrida 338 holat;
  • Samarqand viloyatida 41 holat;
  • Buxoro viloyatida 13 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 6 holat;
  • Namangan viloyatida 5 holat;
  • Andijon viloyatida 3 holat;
  • Xorazm viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+621)
Bugun hozircha respublikaning 5 hududida statsionar va uy sharoitida davolanayotgan bemorlardan 621 nafari tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 30 ming 664 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 382 nafar; 
  • Toshkent viloyatida 216 nafar; 
  • Buxoroda 15 nafar; 
  • Andijonda 5 nafar; 
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida 4 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 230 nafarga yetdi.

  • Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) vafot etdi;
  • Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak) vafot etdi;
  • Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) vafot etdi;
  • Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 4215 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzuga oid