Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATU qoshida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
2021-2022 yillarda O‘zbekistonda sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanadi.
Prezidentning “2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ochiqlandi.
Rejaga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida Artificial Intellegence and Data Science ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
Bunda:
Artificial Intellegence and Data Science ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish qaror loyihasini ishlab chiqish;
qarorda ilmiy-tadqiqot faoliyatining mashinaviy o‘rganish (Deep learning, Neural network), kompyuter yordamida ko‘rish (Computer vision) va ma'lumotlar tahlilchisi (Data analyst) yo‘nalishlarini doktorant va mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlash uchun qo‘shimcha kvotalar ajratishni belgilash;
qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:15 / 20.05.2025