Fan-texnika | 21:32 / 19.08.2020
4876
1 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi qiymati 2 trln dollarga yetdi

Apple’ga kapitalizatsiyani 1 trln dollardan 2 trln dollarga yetkazish uchun ikki yil kerak bo‘ldi. Kompaniya 2018 yil 2 avgustda 1 trln dollarlik ko‘rsatkichni qayd etgandi.

Foto: Reuters

Apple aksiyalari narxi 1,33 foizga o‘sib, bir donasi narxi 468,42 dollarga yetdi. Kompaniya kapitalizatsiyasi 2,003 trln dollarni tashkil etdi.

Bunga qadar qiymati 2 trln dollarga yetgan yagona kompaniya Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft korporatsiyasi edi.

Apple’ga kapitalizatsiyani 1 trln dollardan 2 trln dollarga yetkazish uchun ikki yil kerak bo‘ldi. Kompaniya 2018 yil 2 avgustda 1 trln dollarlik ko‘rsatkichni qayd etgandi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, kompaniya aksiyalari 59,24 foizga o‘sdi.

Apple kuzda yangi iPhone 12 smartfoni sotuvini boshlashni rejalashtirgan. iPhone 12 kompaniyaning 5G texnologiyasida ishlaydigan ilk qurilmasi bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid