Afg‘onistonda O‘zbekiston kompaniyasi xodimlariga qurolli hujum uyushtirildi
Afg‘onistonning Balx viloyatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidagi «So‘g‘diyona trans» kompaniyasi vakillariga qurolli hujum sodir bo‘ldi. O‘zbekiston TIV Afg‘oniston tomonidan ushbu mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklarning xavfsizligini kuchaytirishni so‘radi.
20 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Suhbat chog‘ida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.
Muloqot davomida energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Vazirlar Afg‘onistonning Balx viloyatida 20 avgust kuni sodir bo‘lgan «So‘g‘diyona trans» shu'ba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qilishgan. Afg‘oniston TIV rahbari mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqador shaxslar javobgarlikka tortilishini ta'kidlagan», deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘ragan.
Ma'lumot uchun, «So‘g‘diyona trans» ShK 2011 yil dekabrida O’zbektemiryo’lekspeditsia unitar korxonasi («O‘zbekiston temir yo‘llari» tuzilmasiga kiradi) qoshida «Hayraton — Mozori-Sharif» temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat qilish uchun tashkil etilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024