Jahon | 00:42 / 21.08.2020
6259
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Iroqdan xorijiy qo‘shinlarning olib chiqilishi muddatlarini ma'lum qildi 

AQSh prezidenti Donald Tramp xalqaro koalitsiya qo‘shinlari Iroqni 3 yil davomida tark etishlarini ma'lum qildi.  

Foto: Chip Somodevilla / Getty Images

Trampning ta'kidlashicha, koalitsiya Iroqdan katta qismini olib chiqqan. Natijada u yerda kam sonda harbiylar qolgan. 

Shuningdek, Vashington va Bag‘dod koalitsiya kuchlarining Iroqdan tashqarida joylashtirilishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruhni shakllantirishga kelishib olgan. Bundan tashqari, tomonlar IShID tomonidan solinuvchi xavflarni ham muhokama qilgan. 

5 yanvarda Iroq parlamenti mamlakat hududidan barcha xorijiy qo‘shinlarni chiqartirib yuborishga qaror qilgan. Ayni vaqtda Iroqda AQSh, Britaniya, Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlar harbiylari qolmoqda.

Xorijiy qo‘shinlarni chiqarib yuborish qarori amerikalik harbiylar tomonidan Bag‘dodda Eronning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandan keyin qabul qilingan. Generalni yo‘q qilish buyrug‘ini shaxsan Tramp bergan. Vashington ushbu harakatlarini o‘zini himoyalash deb tushuntirgan, chunki bundan oldinroq xalqaro koalitsiya bazalariga va AQSh elchixonasiga bir nechta hujum sodir etilgan. Tehron generalning o‘ldirilishini terakt deb baholagan.

 

Mavzuga oid