Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Yelizaveta II o‘ziga koronavirusdan yangi panagoh topdi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Londondagi Bukingem saroyi o‘rniga Berkshir grafligidagi Vindzor qasrini o‘zining bosh qarorgohiga aylantirmoqchi. Bunga esa koronavirus pandemiyasi sabab hisoblanadi: 94 yoshli qirolicha infeksiyaga chalinmaslik uchun qisman bo‘lsa ham o‘zini yakkalash rejimiga amal qilishi lozim.
Qirolicha Shotlandiyadagi Balmoral qasrida yozgi ta'tillarni o‘tkazgach, odatda oktyabrda Bukingemga qaytgan. Biroq manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, u o‘ziga yangi qarorgoh tanlashga qaror qilgan. Qirolicha avvalroq Vindzorda turmush o‘rtog‘i bilan izolyatsiyada bo‘lgan.
Agar qirolicha Bukingemga qaytmasa, bu uning 68 yillik hukmronligi vaqtida saroyda eng uzoq vaqt bo‘lmasligi bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, qirolicha koronavirusga chalinish xavfi yo‘q bo‘lguncha Londonga qaytmaydi. Qirollik oilasi bilan karantin boshidan beri ishlayotgan xodimlar esa qirolicha uchun eng xavfsiz kishilar va infeksiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi chorasi hisoblanadi.
Shuningdek, qirolichaning ommaviy tadbirlardagi ishtirokini cheklashmoqchi. Biroq buning qisman yechimi topildi: qirolicha bunday tadbirlarda videoaloqa orqali ishtirok etadi. Ammo qirollik oilasi biografi Endryu Morton qirolicha shu bilan boshqa omma oldida ko‘rinmasligi va uni faqat televizor orqali namoyish qilishlari mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025