Jahon | 21:23 / 24.08.2020
7458
2 daqiqa o‘qiladi

Useyn Bolt koronavirus yuqtirib oldi

Yamaykalik sportchi 21 avgust kuni mashhur shaxslar bilan birgalikda o‘zining 34 yoshga to‘lganini nishonlagandi.

Useyn Bolt / Foto: Getty Images

Yugurish bo‘yicha sakkiz karra olimpiya chempioni Useyn Bolt koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, yamaykalik sportchi 21 avgust kuni o‘zining 34 yoshga to‘lganini nishonlaganidan so‘ng oradan bir necha kun o‘tib koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Tug‘ilgan kun tantanasida ko‘plab taniqli shaxslar qatnashgan. Ular orasida «Manchester Siti» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Rahim Sterling ham bo‘lgan.

Bolt hozirda izolyatsiyada. Uning salomatligi borasida batafsil ma'lumot berilmayapti.

Bolt 2017 yil avgustda yengil atletikadagi faoliyatini yakunlagan. So‘ngra esa professional futbolchi bo‘lishga urinib ko‘rdi, ammo 2019 yil yanvarda sportdan ketishini e'lon qildi.

Bolt — yugurish bo‘yicha 9 karra olimpiya va 11 karra jahon chempioni. U shuningdek, 100 metr (9,58 soniya) va 200 metrga (19,19 soniya) tez yugurish bo‘yicha ham amaldagi rekord sohibi hisoblanadi.

Mavzuga oid