Jahon | 22:16 / 25.08.2020
38271
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: o‘lim darajasi pasaymoqdami?

Yevropa mamlakatlari va AQShda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni ko‘paygan bo‘lsa-da, o‘lim darajasi ilk davrlarga qaraganda past.

Foto: Getty Images

Guardian nashrida nashr etilgan xabarga ko‘ra, butun Britaniyada epidemiya avjiga chiqqan davrda 3 mingga yaqin bemor nafas olish moslamalariga ulangan bo‘lsa, hozirda ularning soni 70 nafarni tashkil qilmoqda. Ammo ushbu mamlakatning ko‘plab mintaqalarida virusga chalinish holatlari soni ortib bormoqda.

Ushbu tendensiyaning sababi nima bo‘lishi mumkin?
Guardian nashriga intervyu bergan shifokorlar ushbu tendensiya yuzasidan turli fikr-mulohaza bildirishdi.

Ba'zi mutaxassislarining fikricha, endilikda bemorlarga dastlabki kunlarga qaraganda ancha samarali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Masalan, deksametazon preparati intubatsiyalangan bemorlarning sog‘ayish darajasini oshirmoqda.

Ayrim olimlarning fikricha, bu jarayonda boshqa bir omillar ham mavjud bo‘lishi mumkin.

Yana bir qarashga ko‘ra, Covid-19 hozirgi kunda, asosan, yoshlar orasida tarqalmoqda va shu bois ham o‘lim ko‘rsatkichi kamaygan.

Bu eng yomoni ortda qolganini anglatadimi?
Yo‘q. AQSh ekspertlari ushbu mamlakatda so‘nggi paytlarda, ayniqsa, 20-30 yoshdagilar orasida epidemiya avj olganini bildirishdi.

Ammo ko‘p o‘tmay, yoshlardan kasallikni yuqtirib olgan keksalarning soni ortib, o‘lim ko‘rsatkichida ham o‘sish kuzatilgan.

Endilikda mutaxassislar xuddi shunga o‘xshash holat Yevropa mamlakatlari, xususan, Britaniyada ham yuz berishini, o‘lim darajasi ushbu mamlakatda ham yana ortishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.

Koronavirusning o‘lim darajasi pasayishi mumkinmi?
Bu qarashni qo‘llab-quvvatlaydigan ba'zi olimlar bor.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, viruslarning aksariyatida vaqt o‘tishi bilan o‘lim darajasi pasayadi va Covid-19 o‘zgarishga uchraydi. 

Ammo bu nuqtayi nazarga qarshi mutaxassislar mazkur jarayonning u qadar tez sodir bo‘lmasligini aytishmoqda.

Yana bir qarashga ko‘ra, ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilingan taqdirda insonlarning bir-biriga koronavirusni yuqtirish dozasi sezilarli darajada kamayadi. Unga ko‘ra, immunitet tizimi past dozalarda yuqtirib olingan virus bilan osonroq kurasha oladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘lim darajasi pasayishiga sabab bo‘ladi.

Olimlar koronavirus bilan bog‘liq savollarning hech biriga hali aniq javob topilmaganini va tendensiyalarning sabablariga ham yillar davomida olib boriladigan izlanishlar natijasida javob topish mumkinligini ta'kidlashmoqda.

Mavzuga oid