Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida kelin kuyovdan koronavirusga tahlil topshirishni talab qildi
Saudiya Arabistonida kelin bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan koronavirus yuqtirib olishdan xavotirlanib, to‘y kuni undan koronavirusga tahlil natijalarini ko‘rsatishni talab qildi. Bu haqda “Al-Okaz” nashri xabar berdi.

Foto: AP Photo / Hasan Jamali
Ma'lum qilinishicha, Vidad Sa'd ismli kelin kuyovdan koronavirusga topshirgan tahlili natijalarini bevosita to‘y oldidan taqdim qilishni so‘ragan.
Qizning ta'kidlashicha, yaqinda uning qarindoshlaridan biri koronavirusdan vafot etgan. Shu sababli qiz virusga chalinishi mumkinligi xavotirida o‘z qarindoshlaridan bu haqida kuyovga yetkazishni iltimos qilgan. Biroq kuyov kelinning iltimosini bajargani-yo‘qligi noma'lum, ammo to‘y bo‘lib o‘tgan.
Saudiyalik shifokorlar podshohlikda koronavirusga tahlil topshirish bepulligi va ko‘p vaqt olmasligini hisobga olib, nikohga kiruvchi juftliklar o‘tadigan tibbiy ko‘rikka ularning koronavirusga tahlil topshirishlarini ham kiritishni taklif qilmoqdalar.
Podshohlikda oxirgi oylar kuniga 1,5-2 mingta yangi holat qayd qilib kelinmoqda. Pandemiya boshidan beri mamlakatda 308 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilingan. Virusdan vafot etganlar soni esa 3,7 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025