O‘zbekiston | 00:45 / 26.08.2020
35375
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda 25 avgust kuni 316 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 25 avgust kuni 316ta yangi holat qayd etildi, 432 bemor tuzaldi, 7 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 25 avgust kuni mamlakatimizda 316 holatda kasallik qayd etildi, bu esa so‘nggi kunlardagi eng past ko‘rsatkichdir», deyiladi vazirlik xabarida. 

Kun davomida respublikaning 7 hududida 316 holat aniqlanib, jami holatlar soni 39 ming 664taga yetdi.

Yangi holatlar (+316)

  • Xorijdan kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilganlar orasidan 110 holat; 

Tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent viloyatida 114 holat;
  • Toshkent shahrida 61 holat;
  • Samarqand viloyatida 12 holat;
  • Buxoro viloyatida 10 holat;
  • Jizzax viloyatida 4 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 holat;
  • Andijon viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+432)
Respublikaning 8 hududida jami 432 bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan sog‘ayib chiqqanlar soni 35 ming 983 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 291 nafar;
  • Toshkent viloyatida 117 nafar;
  • Andijon viloyatida 6 nafar;
  • Jizzax viloyatida 5 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 3 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+7)
Toshkent shahrida yana 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 287taga yetdi.

  • Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. ismli ayol vafot etgan.
  • Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.
  • Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G‘.Sh. ismli erkak vafot etgan.
  • Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. ismli erkak vafot etgan.
  • Olmazor tumanida yashagan 63 yoshli M.Z. ismli ayol vafot etgan.
  • Uchtepa tumanida yashagan 62 yoshli A.T. ismli erkak vafot etgan.
  • Sergeli tumanida yashagan 55 yoshli S.B. ismli ayol vafot etgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 394 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid