O‘zbekistonlik harbiy xalqaro kinologlar tanlovida g‘olib chiqdi
O‘zbekistonlik harbiy, kichik serjant Sodiq Dilmurodov «Klif» laqabli iti bilan xalqaro tanlovda g‘alaba qozondi.
Moskva viloyatida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil qilingan «Verniy drug» xalqaro kinologiya tanlovi o‘tkazilmoqda. Unda Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Jazoir, Isroil va Vetnam harbiylari ishtirok etmoqda.
26 avgust kuni «Dog-biatlon» qoidasi asosida «Chempionlar poygasi» final bosqichi o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik kichik serjant Sodiq Dilmurodov «Klif» laqabli ovcharkasi bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni «Konni» laqabli ovcharkasi bilan ishtirok etgan rossiyalik Ivan Kirkin, uchinchi o‘rinni «Deks» laqabli iti bilan qatnashgan belaruslik Aleksey Nikonchuk egalladi.
G‘oliblarga sovrinlarni Rossiya Mudofaa vazirligining jamoatchilik kengashi a'zolari topshirdi.
Tanlov 31 avgustgacha davom etadi.
2-y etap mejdunar-go kinologicheskogo konkursa «Vernyy drug» - «300 metrovaya polosa prepyatstviy s sobakami».
— Spartak Sokotov (@Spartak11031968) August 26, 2020
🇺🇿1 mesto -Uzbekistan.
🇷🇺2 mesto -DOSAAF Rossiya
8 komand iz 6-ti stran svoye masterstvo pokazyvayut 30 kinologich-x raschetov.
Aljir, Vetnam, Belarus, Uzbekistan i Izrail. pic.twitter.com/8IB5pRz1yY
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024