Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda mehmonxona qulashi qurbonlari soni 29 nafarga yetdi
Xitoyning Shansi provinsiyasida mehmonxona qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi.
Avvalroq fojia oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Linfen shahrida qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 57 kishi chiqarilib olingan. Ulardan 29 nafari jonsiz bo‘lgan.
Hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda bo‘lgan 7 kishi qolmoqda. Qolgan jabrlanuvchilar kichik jarohatlar olgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan. Mehmonxona qulashiga nima sabab bo‘lgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q. Voqea tafsilotlarini tergov qilish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025