Jahon | 18:30 / 31.08.2020
28012
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvanda varrak bolani osmonga uchirib ketdi

Sinchju shahrida bo‘lib o‘tayotgan varrak uchirish festivalida qizaloq varrakning dumiga o‘ralashib qoldi.

Tayvanda uch yoshli qizaloqni varrak osmonga uchirib ketdi. Ushbu voqea tasvirlangan lavha YouTube kanaliga joylandi.

Sinchju shahrida bo‘lib o‘tayotgan varrak uchirish festivalida qizaloq varrakning dumiga o‘ralashib qoldi. Osmonga uchirilgan varrak bolani ham o‘zi bilan bir necha metr balandlikka olib chiqib ketdi.

Festival qatnashchilari uni qutqarib qolishdi. Ular varrak pastlaganida qizaloqni tutib olishdi.

Qizaloq qo‘rqqanini hisobga olmaganda unga hech qanday jarohat yetmagan.

Mavzuga oid