Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts Uorren Baffettni 90 yoshi bilan antiqa uslubda tabrikladi
Amerikalik milliarder, Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘z do‘sti – boshqa bir milliarder Uorren Baffettni 90 yoshga kirgani bilan tabriklab, unga atab o‘z qo‘llari bilan tort pishirdi.
Geyts shirinlik tayyorlayotganini videoga olib, uni tvitterda e'lon qilgan.
Milliarder 1 daqiqalik videoda tort tayyorlashi jarayonini va natijada nima hosil bo‘lganini namoyish qilgan. Geyts tortining ustki qismida Baffetning yuzi tasvirini hosil qilgan.
“90 yoshing bilan, Uorren”, deb yozuv qoldirgan Geyts videoga.
Uorren Baffet 30 avgustda 90 yoshini qarshiladi. Ayni vaqtda uning boyligi 82,4 mlrd dollarga, Bill Geytsniki esa 117 mlrd dollarga baholanmoqda.
Happy 90th birthday, Warren! pic.twitter.com/8nH2EulTR4
— Bill Gates (@BillGates) August 30, 2020
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
23:19 / 01.03.2025