O‘zbekiston | 17:29 / 01.09.2020
11807
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 42 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 234 kishida koronavirus aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 42 ming 127taga yetgani, shuningdek, kun davomida hozircha 263 nafar bemor tuzalib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 39 ming 538 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Bugun hozircha respublikaning 6 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 234ta yangi holat aniqlangan.

Yangi holatlar (+234)

  • Toshkent shahrida 197 holat;
  • Toshkent viloyatida 14 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 13 holat;
  • Xorazm viloyatida 4 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 2 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+263)

  • Toshkent shahrida 129 nafar;
  • Toshkent viloyatida 97 nafar;
  • Andijon viloyatida 15 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 14 nafar;
  • Xorazm viloyatida 6 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar. 

O‘lim holatlari (+3)
Bugun hozircha 3ta o‘lim holati qayd etilib, rasmiy statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 323 nafarga yetdi.

  • Olmazor tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 45 yoshli B.Sh. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 61 yoshli L.R. (ayol) vafot etdi.

Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 2266 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid