Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi davlat Rossiyadagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortdi
Ozarboyjon Rossiyada o‘tadigan “Kavkaz-2020” harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Bir necha kun avval “Kavkaz-2020” doirasida ShHT, MDH va KHShTning birinchi birgalikdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi ma'lum bo‘lgan. Strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Rossiya janubida sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
“Ozarboyjonlik harbiylar “Kavkaz-2020”da ishtirok etmaydi. Ushbu mashg‘ulotlarga kuzatuvchilar sifatida ikki harbiyni jo‘natish rejalashtirilgan”, deb ma'lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Ozarboyjonning mashg‘ulotlardan bosh tortishi sababi ma'lum qilinmagan.
Bir hafta avval mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan Hindiston bosh tortgandi. Mamlakat mudofaa vazirligi o‘z qarorini koronavirus pandemiyasi bilan tushuntirgan. Biroq OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistonning mashg‘ulotlardan bosh tortishi ularda Xitoy va Pokiston ishtirok etishi bilan bog‘langan. Oxirgi vaqtda Hindistonning ushbu davlatlar bilan munosabatlari yomonlashgan.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025